TechnoAdd™ — qoʻshimchalar va masterbatchlar

TechnoAdd™ Slip Series

Ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish, qayta ishlash barqarorligini oshirish va uskunalar samaradorligini yaxshilash uchun sirpanish masterbatchlari.

TechnoAdd™ White Masterbatch Series

Titan dioksidi (TiO₂) asosidagi oq masterbatchlar yuqori oq rang, yopuvchanlik (opacity) va barqaror qayta ishlashni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Mahsulot tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi va pigmentning bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi.

TechnoAdd™ Rodent Repellent Series

Polimer mahsulotlarini kemiruvchilar tomonidan shikastlanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan masterbatchlar. Kemiruvchilarni uzoqlashtiruvchi (repellent) komponentlarni o‘z ichiga oladi va materiallarning shikastlanishini oldini oladi.

TechnoAdd™ Moisture Absorber Series

Polimer xomashyosidan qayta ishlash jarayonida namlikni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan masterbatchlar. Namlik bilan bog‘liq nuqsonlarning oldini oladi va mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlaydi.

TechnoAdd™ Odor Absorber Series

Polimer materiallardagi noxush hidlarni neytrallash va kamaytirish uchun mo‘ljallangan masterbatchlar. Ayniqsa, ikkilamchi xomashyo qo‘llanilganda mahsulotning organoleptik xususiyatlarini yaxshilaydi.

TechnoAdd™ Antimicrobial Series

Polimer mahsulotlari yuzasida bakteriyalar, zamburug‘lar va mog‘or rivojlanishini bostirish uchun mo‘ljallangan antimikrob masterbatchlar. Materiallarning gigiyenik xususiyatlarini ta’minlaydi va uzoq muddatli himoyani kafolatlaydi.

TechnoAdd™ Flame Retardant Series

Polimerlarning yonuvchanligini kamaytirish va mahsulotlarning yong‘in xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan olovga chidamli (flame retardant) masterbatchlar. Alanganing tarqalishini sekinlashtiradi va issiqlik ajralishini kamaytiradi.

TechnoAdd™ Anti-scratch Series

Sirtning tirnalish va ishqalanishga chidamliligini oshirish uchun mo‘ljallangan masterbatchlar. Mahsulotlarning ekspluatatsiya davomida tashqi ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradi.

TechnoAdd™ Anti-Split Series

Polipropilen raffiyasining fibrillatsiyasini (tolalarga ajralishini) oldini olish uchun maxsus anti-split masterbatchlar. Ipning barqaror tuzilishini ta’minlaydi va tayyor mahsulotlarning mustahkamligini oshiradi.

TechnoAdd™ Compatibilizer Series

Moslashtiruvchi (compatibilizer) masterbatchlar nomutanosib polimerlar va to‘ldiruvchilar o‘rtasidagi adgeziyani yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Materialning barqaror tuzilishini ta’minlaydi va uning mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi.

TechnoAdd™ Optical Brightener Series

Polimer materiallarning oqligi va yorqinligini oshirish uchun optik oqartiruvchi masterbatchlar. Ultrabinafsha (UV) nurlanishini ko‘rinadigan yorug‘likka aylantirish orqali mahsulotlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi.

TechnoAdd™ Nucleator Series

Polimerlarning kristallanishini tezlashtirish va mahsulotlarning qattiqligini oshirish uchun nukleator masterbatchlari. Qayta ishlash siklini qisqartiradi hamda o‘lchamlarning barqarorligini yaxshilaydi.

TechnoAdd™ Clarifier Series

Polipropilenning shaffofligini oshirish va mahsulotlarning optik xususiyatlarini yaxshilash uchun clarifier masterbatchlari. Xiralikni (haze) kamaytiradi va materialning yuqori shaffofligini ta’minlaydi.

TechnoAdd™ Impact Modifier Series

Polimerlarning zarbaga chidamliligini oshirish va ularning mexanik yuklamalarga bardoshliligini yaxshilash uchun impact modifier masterbatchlari. Foydalanish jarayonida mustahkamlik va elastiklikning optimal muvozanatini ta’minlaydi.

TechnoAdd™ MFI Modifier Series

Polimerlarni qayta ishlashni optimallashtirish va eritma oqim indeksini (MFI) boshqarish uchun MFI modifikator masterbatchlari. Asosiy polimerni o‘zgartirmasdan material xususiyatlarini texnologik jarayon talablariga moslashtirish imkonini beradi.

TechnoAdd™ Purging Series

Material yoki rangni almashtirishda ekstruderlar va quyish mashinalarini samarali tozalash uchun tozalovchi kompaundlar. Polimer qoldiqlari, pigmentlar va ifloslanishlarni tez va samarali olib tashlashni ta'minlaydi.

TechnoAdd™ Mold Release Series

Qolipdan mahsulotni oson ajratish va asbob yuzasiga yopishishni kamaytirish uchun mold release masterbatchlari. Qoliplash jarayonining barqarorligini ta’minlaydi hamda mahsulot yuzasining yuqori sifatini ta’minlaydi.

TechnoAdd™ PPA Series

Ftorpolimer asosidagi protsessing qo‘shimchalari (PPA) eritma oqimini yaxshilash va ekstruziya nuqsonlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan. Barqaror qayta ishlashni ta’minlaydi va ishlab chiqarish liniyalari unumdorligini oshiradi.

TechnoAdd™ UV System Series

Polimerlarni ultrabinafsha (UV) nurlanish ta'siridagi degradatsiyadan himoya qilish uchun kompleks stabilizatsiyalovchi tizimlar (HALS + UV absorberlar). Ochiq havoda foydalanish sharoitida uzoq muddatli barqarorlikni, mexanik xususiyatlar va rangning saqlanishini ta'minlaydi.

TechnoAdd™ UV Absorber Series

Polimerlarni ultrabinafsha (UV) nurlanish ta'sirida yemirilishdan himoya qilish uchun UV absorberli masterbatchlar. UV nurlarini yutadi hamda materialning degradatsiyasi va rang o‘zgarishining oldini oladi.

TechnoAdd™ HALS Series

Polimerlarni ultrabinafsha (UV) nurlanish ta'siridagi degradatsiyadan himoya qilish uchun yorug‘lik stabilizatori (HALS) masterbatchlari. Material tuzilishining yemirilishini oldini oladi va ochiq havoda foydalaniladigan mahsulotlarning xizmat muddatini uzaytiradi.

TechnoAdd™ Antioxidant Series

Polimerlarni qayta ishlash va ekspluatatsiya jarayonida termo-oksidlovchi degradatsiyadan himoya qilish uchun antioksidant masterbatchlar. Material xossalarining barqarorligini ta’minlaydi va uning yemirilishini oldini oladi.

TechnoAdd™ Anti-fog Series

Plyonka yuzasida kondensat hosil bo‘lishining oldini olish uchun antifog masterbatchlari. Namlikning bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi va qadoqlashning shaffofligini saqlab qoladi.

TechnoAdd™ Antistatic Series

Statik elektr zaryadining to‘planishini kamaytirish va changning tortilishini oldini olish uchun antistatik masterbatchlar. Barqaror qayta ishlashni ta’minlaydi va tayyor mahsulotlarning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilaydi.

TechnoAdd™ Anti-block Series

Plyonkalarning yopishib qolishini oldini olish va barqaror qayta ishlashni ta'minlash uchun antiblok masterbatchlari. Plyonka qatlamlari orasidagi kontaktni kamaytiradi va plyonkaning ochilish xususiyatini yaxshilaydi.

TechnoAdd™ Slip & Anti-block Series

Ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish va plyonkalarning yopishib qolishini oldini olish uchun kombinatsiyalangan masterbatchlar. Qayta ishlashning barqarorligini hamda sirpanish va ochilish xususiyatlarining optimal muvozanatini ta'minlaydi.